Karrik Maunt va Mazraui bo‘yicha qaror qabul qildi

  • Mr.NoBoDy30.05.2026 10:39
  • 12
  • 30

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Karrik yangi mavsum oldidan futbolchilarni qo‘yib yuborishni istamayapti. Ingliz mutaxassisining fikricha, «qizil iblislar»ning Championlar ligasidagi ishtirokini hisobga olgan holda, Meyson Maunt va Nussair Mazraui keyingi mavsumda tarkib kengligini ta’minlash uchun kerak bo‘ladi.

The Athletic nashri xabariga ko‘ra, murabbiy ayniqsa ingliz va marokashlik futbolchilarning universalligini yuqori baholamoqda, shu sababli yozgi transfer oynasida ularning sotilishiga rozilik bermaydi.

Maykl Karrik yanvar oyida Ruben Amorimning o‘rniga «Manchester Yunayted» boshqaruvini qo‘lga olgan edi. Mankunianliklar Premyer-ligani uchinchi o‘rinda yakunlashdi, shundan so‘ng amaldagi bosh murabbiyning shartnomasi 2028 yilgacha uzaytirildi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar