Xulian Alvaresning agenti Barselonaga yetib keldi

  • Mr.NoBoDy25.05.2026 08:39
  • 21
  • 30

Xulian Alvaresning Madridning «Atletiko» klubidan «Barselona»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlar transfer bozoridagi eng muhokama qilinayotgan mavzulardan biri bo‘lib qolmoqda. Argentinalik hujumchi «ko‘k-anorranglilar»ning ustuvor maqsadi hisoblanadi.

Barca Universal xabariga ko‘ra, 26 yoshli futbolchining agenti Barselonaga yetib kelgan. U bu ma’lumotni ijtimoiy tarmoqlardagi o‘z sahifasi orqali o‘zi e’lon qildi. Biroq tashrifning aniq maqsadi hozircha noma’lum.

Yakshanba kuni «matraschilar» La Liganing so‘nggi turida «Vilyarreal»dan yirik hisobda mag‘lubiyatga uchrashdi (1:5). O‘yindan keyin madridliklar ustozi Diyego Simeone Alvaresning kelajagi haqidagi savolga javob berar ekan, futbolchining jamoadan ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni yanada kuchaytirdi.

Ўхшаш янгиликлар