«Milan» yulduz braziliyalik hujumchini transfer qilmoqchi

  • Mr.NoBoDy01.05.2026 23:00
  • 21
  • 30

Insayder Janluka Di Marsio xabariga ko‘ra, «Milan» yozgi transfer oynasida «Arsenal» hujumchisi Gabriel Jezusni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

Manbaga ko‘ra, «rossoneri» braziliyalik futbolchini kelasi mavsum uchun hujum chizig‘ining yetakchisi sifatida ko‘rmoqda. Ayniqsa, agar Rafael Leau jamoani tark etsa, Jezus asosiy figuraga aylanishi mumkin.

O‘z navbatida, «Arsenal» ham futbolchining ketishiga qarshi emas. Londonliklar tarkibda natija beruvchi yosh futbolchilarga ko‘proq ishonch bildirishni maqsad qilgan, Jezus esa so‘nggi mavsumlarda muhim o‘yinlarda samaradorlikni pasaytirgan.

Joriy mavsumda u Angliya Premyer-ligasida 12 ta o‘yinda ishtirok etib, atigi 2 ta gol urdi. Uning «Arsenal» bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 20 million yevroni tashkil qiladi.

Ўхшаш янгиликлар