Bernardu Silvaning «Barselona»ga o‘tishi 80%ga yakunlangan, u maoshini kamaytirishga tayyor

  • Mr.NoBoDy02.05.2026 05:52
  • 12
  • 30

«Barselona» hamda «Manchester Siti» yarim himoyachisi Bernardu Silva hamkorlik bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishdi. «Shaharliklar» sardorining Kataloniya klubiga o‘tishi 80 foizga yakunlangan. Bu haqda Barca Universal nashri jurnalist Mikel Blaskesning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga tayanib xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi Angliya klubida olayotgan maoshiga nisbatan taxminan 60 foizga kamaytirishga tayyor.

Bernarduni transfer qilish bo‘yicha yakuniy qarorni «Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik qabul qiladi. U agar yarim himoya chizig‘idagi ayrim futbolchilar jamoani tark etsa, ushbu transferga ma’qullaydi. Mazkur pozisiya uchun Silvadan tashqari boshqa futbolchilarni xarid qilish rejalashtirilmagan. U yozda erkin agent sifatida jamoaga qo‘shilishi mumkin.

Ўхшаш янгиликлар