«Yangi Levandovski» uchun kurash: «MYU» va «Liverpul» 17 yoshli iqtidorga ko‘z tikmoqda

  • Mr.NoBoDy01.05.2026 23:39
  • 15
  • 30

Angliyaning «Manchester Yunayted» va «Liverpul» klublari 17 yoshli polshalik hujumchi Oskar Petushevskiy bilan shartnoma imzolash imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Record nashri xabar bermoqda.

Hujumchi katta futboldagi debyutini Polshaning «Yagelloniya» jamoasida amalga oshirgan, 2026 yilda esa Portugaliyaning «Portu» klubiga o‘tgan edi. Porlayotgan yosh yulduzni allaqachon «yangi Robert Levandovski» deb atashmoqda.

Hozircha Angliya grandlari «Portu»ga rasmiy taklif bilan chiqqani yo‘q. Petushevskiyning amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Portugallar esa shartnoma muddatini uzaytirib, unga 60 million yevro miqdorida tovon puli belgilashni rejalashtirmoqda.

«Portu»ga o‘tganidan beri Petushevskiy yangi klubi safida 15 ta o‘yinda maydonga tushdi. Hujumchi o‘z hisobiga 3 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘yishga ulgurdi.

Ўхшаш янгиликлар