«Chelsi» Jeksondan katta mablag‘ ishlab olmoqchi

  • Mr.NoBoDy01.05.2026 10:52
  • 12
  • 30

«Bavariya»da ijara asosida to‘p surayotgan hujumchi Nikolas Jekson yozda «Chelsi»ga qaytadi.

Myunxen klubi senegallik futbolchini sotib olmaslikka qaror qildi, biroq «ko‘klar» ham uni tarkibda qoldirishni rejalashtirmayotgan ko‘rinadi. The Athletic nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, London klubi rahbariyati hujumchini sotish orqali 60 million yevrogacha mablag‘ ishlab olish mumkin deb hisoblamoqda. Transfermarkt portali esa futbolchini 40 million yevroga baholagan.

Nikolas Jekson joriy mavsumda «Bavariya» safida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 24 yoshli futbolchining «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2033 yilgacha mo‘ljallangan.

Ўхшаш янгиликлар