«PSJ» Grinvud uchun poygaga qo‘shildi

  • Mr.NoBoDy01.05.2026 10:52
  • 24
  • 30

«Marsel» hujumchisi Meyson Grinvud «Pari Sen-Jermen» qiziqishlari doirasiga tushdi.

Angliyalik futbolchi Fransiyada yana bir ajoyib mavsumni o‘tkazdi – endilikda uni muntazam ravishda top-klubga o‘tishi mumkinligi haqida yozishmoqda. Jurnalist Ekrem Konurning ma’lumotlariga ko‘ra, «PSJ» hujumchi uchun kurashga kirishishga tayyor. Biroq futbolchining narxi transferga to‘sqinlik qilishi mumkin: «provansalliklar» o‘z yulduzi uchun 80 million yevrodan ko‘proq mablag‘ talab qilishlari kutilmoqda.

Meyson Grinvud joriy mavsumda «Marsel» safida 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 25 ta gol va 10 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt ekspertlari «Manchester Yunayted» tarbiyalanuvchisining qiymatini 55 million yevroga baholamoqda.

Ўхшаш янгиликлар