«Espanyol» yulduzi «Real»ni rad etib, «Barselona»ni tanladi

  • Mr.NoBoDy18.04.2026 11:00
  • 18
  • 30

«Espanyol» yoshlar jamoasi yarim himoyachisi Pol Sabadi «Barselona» akademiyasiga o‘tishga yaqin turibdi. Yosh ispaniyalik o‘z yosh toifasidagi eng istiqbolli futbolchilardan biri hisoblanadi. Jurnalist Xaume Marsening xabar berishicha, 14 yoshli futbolchi tez orada «ko‘k-anorranglilar» safiga borib qo‘shiladi.

Yarim himoyachiga Madridning «Real» klubi ham qiziqish bildirgan edi, biroq futbolchi Kataloniyada qolishni afzal ko‘rdi. Pol Sabadi Ispaniyaning 15 yoshgacha bo‘lgan terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Shu yilning iyul oyida u 15 yoshni qarshi oladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning yozida «Barselona» «Espanyol»dan asosiy darvozabon Joan Garsiyani o‘z safiga qo‘shib olgan edi, bu esa «oq-ko‘klar» muxlislarining keskin noroziligiga sabab bo‘lgandi.

Ўхшаш янгиликлар