«Manchester Yunayted» Yaponiya terma jamoasi yarim himoyachisiga qiziqmoqda — TEAMtalk

  • Mr.NoBoDy17.04.2026 23:26
  • 36
  • 30

«Manchester Yunayted» Yaponiya terma jamoasi va «Lids Yunayted» yarim himoyachisi Ao Tanakaga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «Lids Yunayted» 27 yoshli futbolchi transferi uchun taxminan 17 million yevro talab qilishi mumkin. Ao Tanakaning o‘zi esa kelasi yozda klubini o‘zgartirishga tayyor.

Uning transferi uchun kurashda «Manchester Yunayted»ga «Nyukasl Yunayted» va «Everton» raqobatchi bo‘lishi mumkin.

Joriy mavsumda Ao Tanaka barcha musobaqalarda 26 ta o‘yinda ishtirok etib, 4 ta gol urgan. Uning «Lids Yunayted» bilan shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 10 million yevroni tashkil etadi.

Ao Tanaka Yaponiya terma jamoasi safida 37 ta o‘yin o‘tkazgan.

Ўхшаш янгиликлар