"Bavariya" Angliya terma jamoasi futbolchisi uchun qancha to‘lashga tayyorligi ma’lum bo‘ldi

  • Mr.NoBoDy14.04.2026 18:26
  • 45
  • 30

«Nyukasl» va Angliya terma jamoasining qanot hujumchisi Entoni Gordon Myunxenning «Bavariya» klubi o‘yinchisiga aylanishi mumkin.

Jurnalist Florian Plettenbergning xabar berishicha, «Bavariya» 25 yoshli futbolchining transferi uchun 60-70 million yevro ajratishga tayyor. Manbaga ko‘ra, kelishuvning amalga oshishi futbolchining o‘ziga bog‘liq — agar u o‘tishga rozilik bersa, transfer sodir bo‘ladi. Gordon — «Bavariya» sport bo‘limining asosiy transfer maqsadi hisoblanadi.

Joriy mavsumda Gordon barcha turnirlarni hisobga olganda 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Gordonning bozor qiymati 60 million yevroni tashkil etadi.

Ўхшаш янгиликлар