«Barselona» Alexandro Baldeni sotishga tayyor, ammo bir shart bilan

  • Mr.NoBoDy07.04.2026 12:52
  • 36
  • 30

«Barselona» himoyachisi Alexandro Balde so‘nggi paytlarda transfer mish-mishlarining asosiy qahramonlaridan biriga aylanmoqda. Jurnalist Fabrisio Romano xabar berishicha, «ko‘k-anorranglilar» Baldeni sotib yuborishi mumkin, biroq klubning o‘zi ushbu kelishuv uchun faol harakat boshlagani yo‘q.

Agar «Barselona»ga Balde bo‘yicha moliyaviy jihatdan manfaatli taklif tushsa, u ko‘rib chiqilishi mumkin. Shu bilan birga, kataloniyaliklar futbolchining transferi bo‘yicha o‘z tashabbuslari bilan chiqish niyatida emaslar.

Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari 22 yoshli Alexandro Baldeni 55 million yevroga baholamoqda.

Ўхшаш янгиликлар