
«Vulverxempton» hujumchisi Joao Gomes shu yozda klubini o‘zgartirishi mumkin. 25 yoshli futbolchiga APL grandlari qiziqish bildirmoqda.
TEAMtalk nashrining ta’kidlashicha, Gomes «Chelsi», «Liverpul» va «Manchester Yunayted» klublarida qiziqish uyg‘otgan.
Manbaning yozishicha, braziliyalik futbolchi 2023 yilning yanvar oyida «Flamengo»dan «Vulverxempton»ga o‘tganidan so‘ng Angliya chempionatida o‘zini yaxshi tomonlama ko‘rsata oldi.
Gomes «bo‘rilar» safida allaqachon 100 dan ortiq o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Mish-mishlarga ishonilsa, hujumchiga «Manchester Siti» va «Tottenxem» klublari ham ko‘z tikmoqda.