«Bavariya» Maykl Oliseni «Liverpul»ga sotish niyatida emas

  • Mr.NoBoDy13.03.2026 15:26
  • 15
  • 30

«Bavariya» vinger Maykl Oliseni jamoada olib qolishdan manfaatdor. Bu haqda Fabrisio Romano xabar bermoqda.

Futbolchiga «Liverpul» qiziqish bildirmoqda. Angliya grandi katta ehtimol bilan yozda Oliseni sotib olishga harakat qiladi. Biroq myunxenliklar futbolchining ketishi haqidagi mish-mishlarni inkor etishga intilishmoqda. Qayd etilishicha, keyingi transfer oynasida futbolchi sotib olish uchun «yopiq» bo‘lishi kutilmoqda.

Joriy mavsumda Maykl Olise «Bavariya» safida 37 ta uchrashuv o‘tkazdi. Ushbu bahslarda vinger 15 ta gol urdi va 26 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar