
"Manchester Yunayted" kelayotgan yozda Jeydon Sancho bilan erkin agent maqomida xayrlashadi. Hozirda u "Aston Villa"da ijarada harakat qilmoqda.
The Sun xabariga ko‘ra, 25 yoshli inglizni birmingemliklar o‘z safida olib qolishi mumkin. Shuningdek "Borussiya" Dortmund ham Sanchoga qiziqish bildirmoqda.
Transfermarkt portalida 20 millionga baholanayotgan Sancho joriy mavsumda 28 ta o‘yinda 1 tadan gol va assist muallifi bo‘ldi.