Miki van de Ven "Tottenxem"ning yangi shartnoma borasidagi taklifini rad etdi

  • Mr.NoBoDy04.03.2026 17:52
  • 27
  • 30

"Tottenxem"ning 24 yoshli niderlandiyalik himoyachisi Miki van de Ven klubning yangi shartnoma borasidagi taklifini rad etdi. Bu haqda Sports Boom nashri yozmoqda.

Manbalarning ma’lumotiga ko‘ra, niderlandiyalik futbolchi bunday qarorni top-klublar tomonidan bo‘layotgan qiziqishlar fonida qabul qilgan. Xususan, OAVda "Real" va "Barselona" van de Ven bilan shartnoma imzolash istagida ekani ta’kidlanmoqda. "Shporlar" futbolchi uchun 100 million funt olishni ko‘zlashmoqda va bu masalada yon berishmoqchi emas. Himoyachining "Tottenxem" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Van de Ven 2023 yilda "Volfsburg"dan o‘tganidan beri "shporlar" sharafini himoya qilib kelmoqda. Ushbu mavsumda u klub safida 33 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar