"PSJ" va "Bavariya"ning sobiq futbolchisi ikkinchi liga klubiga o‘tdi

  • Mr.NoBoDy13.02.2026 15:13
  • 39
  • 30

"PSJ" va "Bavariya" klublarining sobiq himoyachisi Xuan Bernat futbolchilik faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettiradi. Bu haqda Onefootball jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 32 yoshli futbolchi "Eybar"ga erkin agent sifatida o‘tgan. Tomonlar o‘rtasidagi mehnat shartnomasi joriy mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda "Eybar" Ispaniya ikkinchi divizionida ishtirok etmoqda. Jamoa 32 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 14-o‘rinni egallab turibdi.

O‘tgan mavsumda Bernat "Xetafe" va "Vilyarreal" klublarida o‘ynagan. Himoyachi La Ligada 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar