U-17 Jahon chempionati. O'zbekiston Italiyaga mag'lub bo'ldi, lekin keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini saqlab qoldi

  • Mr.NoBoDy 26.11.2026 21:08
  • 9
  • 30

U-17 Jahon chempionati 3-turidan o'rin olgan uchrashuv bo'lib o'tdi.

U-17 Jahon chempionati

3-tur

O'zbekiston – Italiya 1:3 LIVE

Doha. “Espayr” akademiyasi 5-maydoni

Gol: Tommaso Kasagrande 7, 0:1, Federiko Krochi 31, 0:2, Tomas Koriliano 45+2, 0:3, Suhrob Sadirjonov 75, 1:3

O'zbekiston U-17: 1.Olimjon Shomurodov, 3.Abubakir Rahimov (15.Nurmuhammad O'ktamov,73), 5.Muhammadaziz Ro'ziboev, 7.Amirxon Erkinov, 8.Islom Ravshanov, 9.Asilbek Aliev, 10.Mirkomilbek Murodov ( 18.Habibulloh Toxirov, 46), 11.Suhrob Sadirjonov (14.Muhammadodilxon Orifxonov, 80), 13.Mirjamol Anvarov, 17.Jahongirmirzo O'ktamboev, 20.Laziz Abduraimov (19.Ahrorbek Ravshanbekov, 46)

Zaxira: 12.Mehrojbek Sirojiddinov, 21.Abdulboriy Zoidjonov, 2.Mashhurbek Abdisoliev, 4.Muhammad Hakimov, 6.Muhammadjon Mamatov, 16.Adis Abdunabiev,

Italiya U-17: 18. Karlo Galliera, 14. Davide Rigo, 6. Andrea Donato, 5. Ludoviko Varali, 3. Matteo Albini, 17. Franchesko Oliveri, 16. Rikardo Kassano, 20. Jole Jiamattei, 10. Tomas Koriliano, 21. Federiko Krochi, 19. Tommaso Kasagrande

Ogohlantirish: Mirjamol Anvarov (O'zbekiston) 33, Asilbek Aliev (O'zbekiston) 37, Rikardo Kassano (Italiya) 43, 66, Abubakir Rahimov (O'zbekiston) 53

Chetlatish: Rikardo Kassano (Italiya) 66

Uchrashuv yakunlandi.

90+6. Jarima maydonchasi ichiga uzatmalar naf bermayapti.

90+3. O'ktamboev yaxshi imkoniyatni golga aylantira olmadi.

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

90. Yo'q, penalti yo'q ekan.

87. Penalti tepishimiz mumkin. Hakamlar VAR monitori oldiga keldi. Toxirovni raqib futbolchisi futbolkasidan tortib qoldi. Buning natijasida o'zbekistonlik futbolchi muvozanatni yo'qotdi.

86. Qanday vaziyat? Toxirov qulay vaziyatdan foydalana olmadi.

85. Qanotdan uzatmani raqib posboni egallab oldi.

80. O'ZGARISH. O'zbekiston, Suhrob Sadirjonov o'rniga Muhammadodilxon Orifxonov tushdi.

75. GOOOOOOOOOOOOOOOL. Hisobni qisqartirdik. Ravshanbekovning ajoyib uzatmasini Suhrob Sadirjonov golga aylantirdi, 1:3

73. O'ZGARISH. Abubakir Rahimov o'rniga Nurmuhammad O'ktamov tushdi.

70. O'ZGARISH. Italiya, Kasagrande o'rniga Janluka Okon tushdi.

66. Chetlatish. Italiya safida Rikardo Kassano ikkinchi sariq va qizil kartochkani oldi.

59. O'ZGARISH. Italiya, Tomas Koriliano o'rniga Jakopo Landi, Federiko Krochi o'rniga Marsello Fugazolla tushdi.

55. Raqib imkoniyat berayotgani yo'q.

53. Abubakir Rahimovga sariq kartochka ko'rsatildi.

46. O'ZGARISH. O'zbekiston, Laziz Abduraimov o'rniga Ahrorbek Ravshanbekov, Mirkomil Murodov o'rniga Habibulloh Toxirov tushdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Tanaffus

45+2. GOL. Italiya tanaffusga 3:0 hisobidagi g'alaba bilan yo'l oladigan bo'ldi. Gol muallifi Tomas Koriliano. Juda oson gol o'tkazib yubordik!

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

44. Jahongirmirzo O'ktamboevning zarbasi noaniq ketdi.

43. Italiyadan Rikardo Kassano ogohlantirildi.

37. O'zbekiston terma jamoasidan Asilbek Aliev sariq kartochka oldi

34. Ustunlik Italiya terma jamoasida.

33. Yo'q,, hakamlar VAR monitorida vaziyatni takror ko'rgach sariq kartochka berishga qaror qildi.

33. Sardorimiz Mirjamol Anvarov chetlatilishi mumkin. U hujumga o'tayotgan raqib futbolchisini qo'pollik bilan to'xtatdi.

31. GOL. Federiko Krochi 11 metrlik nuqtadan zarbani xatosiz bajardi, 0:2.

30. PENALTI. Mirjamol Anvarov raqib futbolchisi Krochini jarima maydonchamiz ichida yiqitdi. Darvozamizga penalti.

25. Italiyadan hujum, Rochining zarbasini Olimjon Shomurodov ushlab oldi.

23. Shomurodov yana to'pga chiqib kelib xavfni bartaraf etdi.

21. Olimjon Shomurodov raqib futbolchisiga qulay vaziyatdan gol urishiga yo'l qo'ymadi. Darvozabonimizdan ishonchli harakatlar.

17. Uchrashuvni stadiondan Janni Infantino kuzatmoqda.

12. Qanday qilib? Vakillarimizdan dastlabki keskin hujum. Laziz Abduraimov birga-bir vaziyatda gol ura olmadi.

10. Qanotlardan hujumlar samara keltirmayapti.

7. GOL. Italiya uchrashuvda hisobni ochdi. Himoyamizdagi xatodan Tommaso Kassagrande Italiyani hisobda oldinga olib chiqdi

5. Futbolchimiz raqib jarima maydonchasi ichida yiqtildi, hakam jim!

3. Italiya ilk daqiqalardan hujumga o'tdi, ammo o'yindan tashqari holat qayd etildi.

O'yinga start berildi.

Uchrashuv boshlanishiga hamma narsa tayyor!

Ikki mamlakat madhiyalari yangradi

Jamoalar maydonga chiqib keldi.

Ўхшаш янгиликлар