Aleksey Kozlov - Superligada eng ko'p pas o'ynayotgan darvozabon

  • Mr.NoBoDy 26.11.2026 16:08
  • 55
  • 30

Superliga yakuniga 2 tur qolmoqda.

Yakunlanayotgan mavsumda Aleksey Kozlov Superliganing eng ko'p pas o'ynayotgan darvozaboni bo'lib turibdi.

Rossiyalik kiperning ushbu mavsumdagi 669 ta pasi mo'ljalga aniq borgan va bu 83 foiz aniqlikni tashkil qilgan.

3.jpg

Ushbu reytingning kuchli beshligi shunday ko'rinish olgan:

Aleksey Kozlov (“Lokomotiv”) - 669

Abduvohid Ne'matov (“Nasaf”) - 549

O'tkir Yusupov (“Navbahor”) - 536

Farxod Rahmatov (“Qizilqum”) - 432

Botirali Ergashev (“Neftchi”) - 417

Ўхшаш янгиликлар