
"Biz Chempionlar Ligasi o'yinlari oson bo'lmasligini va ularda boshidan oxirigacha ustunlik qilib bo'lmasligini qabul qilgan holda mentalitet, tartib-intizom va shiddatga tayandik. Bazan o'yinda qolish, raqib xatolaridan foydalanishga harakat qilish, imkon tug'ilganda esa tashabbusni qo'lga olish kerak. O'yindagi vaziyatlar muhim va ularni his qila bilish lozim.
Dastlabki 20 daqiqada ularning shiddatiga berilib ketmaslikni uddaladik: biroz chuqurroq himoyalanish kerakligini qabul qildik, ammo shunda ham to'p uchun kurashda energiya va pressingni saqlab qoldik. Qanotdan uzatmalarga qarshi yaxshi harakat qildik, chunki ularning qanotlarda xavfli bo'lishini bilardik.
Birinchi bo'limda vaziyatlar yaratganimiz ham rost va biroz ko'proq keskinlik yoki qatiyat bilan tanaffusgacha hisobda oldinga chiqib olishimiz mumkin edi. O'yinda qoldik va yakunda g'alaba bilan taqdirlandik.
Murabbiyning ishi - har bir o'yinda to'g'ri motivaciya berish. Har doim ham bir xil darajani ushlab turish oson emas, bazan bu yaxshiroq, bazan yomonroq chiqadi, ammo eng muhimi - jamoa yakdil bo'lib qolishi va hech kim boshqalarni ayblamasligi. Har bir turnirda yaxshiroq o'ynashga harakat qilishimiz shart. Doim ham mukammal bo'la olmaymiz, lekin bizdan hech qachon tortib olib bo'lmaydigan narsa - bu to'g'ri ruhiyat va mentalitet. Bugun oqshom biz buni ko'rdik va bejizga g'alaba bilan maydonni tark etmadik”, – deya ruminiyalik mutaxassis so'zlarini keltirdi “Sky Sport Italia”.
“Inter” (5 o'yindan so'ng 9 ochko) Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi turnir jadvalida 12-o'rinni egallab turibdi.