Gvardiola Neymar bilan birga ishlashni xohlagani haqida: "Uni "Bavariya"ga o'tishga ko'ndirishga harakat qilgandim"

  • Mr.NoBoDy 25.11.2026 19:08
  • 9
  • 30

Pep Gvardiola Neymarni shug'ullantirishni xohlaganini tan oldi.

"Men Neymarga murabbiylik qilishni istardim. Men "Barselona"dan "Bavariya"ga o'tganimda UEFA uchrashuvi bo'lib o'tayotgandi va uning "Barselona"ga o'tishi haqida mish-mishlar yurardi, ammo odamlar kelishuv hali to'liq yopilmaganini ham aytishayotgandi.

Biz u bilan bir xonada o'tirdik va men uni "Bavariya"ga o'tishga ko'ndirishga urindim. Futbol haqida biroz gaplashdik, keyin esa u "Barselona"ga o'tishga qaror qildi", - dedi Gvardiola Romarioga bergan intervyusida.

Ўхшаш янгиликлар