
"Men ular (Italiya futbol federatsiyasi) bilan gaplashdim. Bu haqda birinchi marta aytyapman, ammo Italiyadek mamlakatga rad javobini berish men uchun uyatli edi. Terma jamoa bosh murabbiyligi lavozimiga nomzod sifatida ko'rib chiqilganim men uchun ulkan sharaf, biroq tanaffus olishim kerakligini his qildim.
Agar menga bu ishni bir necha yil oldin taklif qilishganida, ehtimol, rozi bo'lardim. Ammo o'shanda, Paolo Maldini va Leonardo bilan bo'lgan suhbatlardan so'ng, to'xtashim zarurligini tushundim.
Menga o'zim uchun ko'proq vaqt kerak edi. Har uch kunda o'yinlar o'tkazgan holda 18 yil davomida murabbiylik qildim. Ma'lum bir pallada tanaffus olishga to'g'ri keladi..." - dedi Gvardiola Romarioga bergan intervyusida.