Ferran 7 mln evroga "Valensiya" stadioni yonidagi ofis binosini sotib oldi

  • Mr.NoBoDy 25.11.2026 14:40
  • 48
  • 30

PSJ hujumchisi Ferran Torres "Valensiya" klubidan uy stadioni yaqinida joylashgan ofis binosini 7 million evroga xarid qildi, deya xabar bermoqda Valencia Plaza.

Torres "Valensiya" tarbiyalanuvchisi bo'lib, olti yoshidan beri klub tizimida bo'lgan.

Ispaniya klubi yangi arenaga ko'chib o'tishni va ofislarni o'sha yerda joylashtirishni rejalashtirayotgani sababli infratuzilma obektlarini sotmoqda.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, "Valensiya"ning savdodan tushgan pullari klubning transfer byudjetiga yo'naltiriladi va qishki transfer oynasida ishlatilishi mumkin.

Ispaniya chempionatining 13 turidan so'ng "Valensiya" 12 ochko jamg'arib, turnir jadvalida 17-o'rinni egallab turibdi.

Ўхшаш янгиликлар