Brunu Fernandesh: "Ehtimol, Ronaldu Portugaliya terma jamoasi futbolchilari tomonidan hurmatsizlik his qilgandir"

  • Mr.NoBoDy 25.11.2026 10:32
  • 42
  • 30

Portugaliya terma jamoasi va "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh milliy jamoadagi faoliyatini yakunlagan Krishtianu Ronaldu boshqa futbolchilar tomonidan hurmatsizlik his qilgan bo'lishi mumkinligini istisno etmadi.

"Ehtimol, Krishtianu buni his qilgandir, bilmadim… Biz uni imkon qadar doim hurmat qilishga harakat qilganmiz, chunki u barcha avlodlar uchun o'rnakdir.

Biroq agar u hurmatsizlikni his qilgan bo'lsa, buning aksini davo qilishga men kim bo'libman? Terma jamoa futbolchisi sifatida - ayta oladigan yagona gapim shuki, milliy jamoada qilgan barcha ishimiz Ronalduni inson va futbolchi sifatida hurmat qilishga qaratilgan edi", - deya Fernandeshning so'zlarini keltiradi The Touchline X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.

Ўхшаш янгиликлар