Nevill MYU haqida: “Bunday himoya bilan APLdan tushib ketasizlar”

  • Mr.NoBoDy 23.11.2026 14:40
  • 15
  • 30

"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Gari Nevill APLning 11-turida "Liverpul"dan uchralgan mag'lubiyatdan (0:4) so'ng jamoa o'yinini jiddiy tanqid qildi.

"Manchester Yunayted" hozir so'nggi 54 yil ichidagi eng yomon holatida. Yevropadagi eng yomon himoya, ligada oxiridan bitta oldingi o'rin - ular hech qachon mavsumni bunchalik yomon boshlamagan edi.

"Liverpul"ga qarshi o'yinda men asosiy tarkibda Harri Maguayrni maydonga tushirgan bo'lardim. MYUning eng yaxshi himoya to'rtligi - Shou, Dalot, Maguayr va Martines. Ochiq aytaman: bu kuchsiz himoya chizig'i. Lekin bu "Manchester Yunayted"da bor bo'lgan eng yaxshi to'rtlik.

Agar aynan shu to'rt futbolchi maydonga tushirilsa, jamoa g'alabalarga erisha oladi. Ular bilan hech bo'lmaganda raqobatlashish mumkin. Ammo "Liverpul"ga qarshi tushgan himoya tarkibi yoki bir necha hafta oldin "Aston Villa" bilan o'yinni yakunlagan - Mazraui, Dorgu, Yoro va Xevendan iborat himoya bilan siz ligada qola olmaysiz, tushib ketasiz. Bu fakt”, – deya Nevillning so'zlaridan iqtibos keltirdi “Sky Sports”.

Eslatib o'tamiz, "Liverpul"ga qarshi bahsning 8-daqiqasida mehmonlar himoyachisi Leni Yoro qizil kartochka oldi.

"Manchester Yunayted" 11-turdan so'ng 8 ochko bilan APL turnir jadvalida 19-o'rinni egallab turibdi. Jamoa mavsumdagi barcha musobaqalarda 34 ta gol o'tkazib yubordi - bu Yevropaning kuchli beshlik ligalari vakillari orasidagi eng yomon ko'rsatkich.

Ўхшаш янгиликлар