"Bornmut" ketma-ket 9 ta o'yinda g'alaba qozonib, klub rekordini o'rnatdi

  • Mr.NoBoDy 23.11.2026 12:08
  • 39
  • 30

"Bornmut" barcha musobaqalardagi g'alabali seriya davomiyligi bo'yicha klub rekordini yangiladi.

21 noyabr kuni Marko Roze jamoasi APLning 11-turida "Nottingem Forest"ni mag'lub etdi (2:0) va ketma-ket 9-g'alabasini qo'lga kiritdi. Angliya Premer-ligasi rasmiy sayti xabariga ko'ra, klub ilgari hech qachon ketma-ket 9 ta rasmiy o'yinda g'alaba qozona olmagan.

Chempionat doirasida "Bornmut" so'nggi 5 ta bahsning barchasida zafar quchdi - bu ham klubning APLdagi yangi rekordi. Ushbu g'alaba jamoaga turnir jadvalida vaqtincha 4-o'ringa ko'tarilish imkonini berdi.

Uchrashuvdagi hisobni 19-daqiqada Evanilson ochdi, birinchi bo'limga qo'shib berilgan vaqtda esa Jastin Klyuyvert mezbonlar ustunligini oshirdi. Braziliyalik hujumchi chempionatning ketma-ket 6-o'yinida gol urib, o'zining sermahsul seriyasini davom ettirdi. Mehmonlar esa birorta ham gol bilan javob qaytara olishmadi.

Marko Roze mavsumlar oralig'ida Andoni Iraola o'rniga "Bornmut" bosh murabbiyi etib tayinlangandi. Jamoaning Premer-ligadagi navbatdagi raqibi "Fulxem" bo'ladi (29 noyabr).

Ўхшаш янгиликлар