Diego Simeone La Ligada Luis Aragonesning tarixiy murabbiylik rekordini yangiladi

  • Mr.NoBoDy 23.11.2026 09:40
  • 66
  • 30

"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone La Ligada g'alabalar soni bo'yicha yangi rekord o'rnatdi.

Bu Ispaniya chempionati 13-turida argentinalik mutaxassis jamoasi "Xetafe"ni 3:0 hisobida mag'lub etganidan so'ng amalga oshdi.

"Qizil-oqlar" rasmiy sayti xabariga ko'ra, ushbu uchrashuv Simeone uchun turnirdagi 345-g'alaba bo'ldi. Murabbiyning La Ligadagi umumiy ko'rsatkichlari 123 ta durang va 99 ta mag'lubiyatni o'z ichiga oladi. Shu tariqa Simeone 756 ta o'yinda 344 ta g'alabaga erishgan Luis Aragonesning natijasini ortda qoldirdi.

Argentinalik mutaxassis 2011 yildan buyon "Atletiko"ni boshqarib kelmoqda. Bu uning Ispaniyada murabbiylik qilgan yagona klubidir. 2026/2027 yilgi La Liga mavsumida 13 ta o'yindan so'ng Madridning "Atletiko" klubi 31 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi.

Ўхшаш янгиликлар