Pochettino "Manchester Yunayted"ning 100 yillik antirekordini takrorladi

  • Mr.NoBoDy 23.11.2026 09:08
  • 54
  • 30

Maurisio Pochettino jamoa boshqaruvidagi debyut uchrashuvida "Manchester Yunayted" bosh murabbiylari orasidagi eng yirik mag'lubiyatni qabul qilib oldi.

U 1926 yil oktyabrida oliy divizion doirasida "Bolton"ga 0:4 hisobida imkoniyatni boy bergan Lal Xilditchning antirekordini takrorladi, deb xabar beradi Opta Analyst X ijtimoiy tarmog'idagi shaxsiy sahifasida.

Pochettino boshchiligidagi debyut bahsda "Manchester Yunayted" Angliya chempionati 11-turi doirasida "Liverpul"ga 0:4 hisobida yutqazdi.

Ushbu o'yindan so'ng 21 ochkoga ega "Liverpul" Angliya birinchiligi oliy divizioni turnir jadvalida to'rtinchi pog'onada bormoqda, sakkiz ochko jamg'argan "Manchester Yunayted" esa 19-o'rinda joylashgan.

Ўхшаш янгиликлар