Jamal Musiala yana xushidan ketdi

  • Mr.NoBoDy 22.11.2026 20:16
  • 60
  • 30

"Bavariya" futbolchisi Jamal Musiala yana hushidan ketdi. Hodisa Myunxen klubining mashg'uloti vaqtida yuz bergan, deya xabar bermoqda Bild.

Bu germaniyalik futbolchi uchun 2026 yil avgustidan buyon kuzatilgan uchinchi shunday holatdir. Avvalgi ikki safar o'yinchi uchrashuvlar davomida hushini yo'qotgan edi. Tibbiyot xodimlari unga yordam ko'rsatgach, yarim himoyachi zaxiraga olingan. 23 yoshli xavbekda davolab bo'lmaydigan nevrologik kasallik aniqlangan.

Avvalroq "Bavariya" Musialaning avvalgi darajasiga qaytishiga ishonmayotgani va klub yarim himoyachini sotishga tayyor ekani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.

Musiala 2021 yildan buyon "Bavariya" sharafini himoya qilib kelmoqda. Futbolchi myunxenliklar safida olti marta Germaniya chempioni bo'lgan.

Ўхшаш янгиликлар