
"Barselona" - "Vilyarreal" 3:2
Gollar: 5 - Teyjon Byukenen, 7 - Tani Oluvaseyi, 57 - Jerard Martin, 61 - Fermin Lopes, 67 - Pau Navarro (avtogol)
Amalga oshirilmagan penalti: 23 - Lamin Yamal
“Barselona”: 1. Joan Garsiya, 2. Joau Kanselu, 18. Jerard Martin, 24. Erik Garsiya (23. Jyul Kunde, 84’), 7. Fermin Lopes (20. Dani Olmo, 68’), 8. Pedri, 10. Lamin Yamal, 11. Rafinya, 14. Karim Adeyemi (17. Entoni Gordon, 68’), 21. Frenki de Yong, 22. Mark Bernal (6. Gavi, 90+1’).
Zaxira: 25. Dominik Livakovich, 13. Voycex SHHensni, 5. Pau Kubarsi, 3. Aleks Balde, 41. Aleks Kampos, 4. Brayan Farinyas, 9. Gabriel Jezus.
“Vilyarreal”: 25. Peter Gulachi, 12. Renatu Veyga, 20. Karlos Romero (23. Serxi Kardona, 65’), 17. Teyjon Byukenen (22. Ayose Peres, 76’), 6. Pau Navarro, 3. Aleks Frimen, 18. Pap Geye, 10. Alberto Moleyro (16. Karlos Masiya, 65’), 14. Santyago Komesanya (19. Nikolya Pepe, 76’), 9. Jorj Mikautadze (15. Santyago Mourinyo, 86’), 21. Tani Oluvaseyi.
Zaxira: 1. Luis Junior, 13. Ruben Gomes, 2. Logan Koshta, 27. Nizar El-Jmili, 30. Sheyx Tidian Tiam, 32. Sesar Bonafe.
Ogohlantirishlar: 11 - Pap Geye, 32 - Alberto Moleyro, 47, 90+3 - Pau Navarro, 49 - Aleks Frimen, 63 - Karlos Romero, 74 - Xansi Flik (“Barselona” bosh murabbiyi), 76 - Rafinya, 80 - Mark Bernal
Chetlatish: 90+3 - Pau Navarro (ikkinchi sariq kartochka)
90+6. O'yin yakunlandi.
90+3. Avtogol muallifi Pau Navarroga qizil kartochka oldi.
90. O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.
90. Yamal juda qulay vaziyatga chiqib bordi, biroq zarba bermasdan, to'pni sherigiga uzatdi va bu xato edi…
86. Gordonning olisdan yo'llagan zarbasi aniq bo'lmadi.
83. Olmoning erlatib bergan zarbasini Gulachi qaytardi!
79. Yamalning trivella uslubida tepgan to'pi noaniq ketdi.
74. Flikka etirozlari sabab sariq kartochka ko'rsatildi.
73. Gordon raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi, biroq bu holatda penalti yo'q, deb topildi.
72. Gordonning erlatib bergan zarbasini Gulachi qaytardi!
69. “Vilyarreal” qayta olarmikin? Buyog'iga vaziyat og'ir. “Barsa” berishi qiyin.
68. Kambek, do'stlar.

67. GOL! Avtogol! Erik Garsiyaning markazga uzatgan to'pini Navarro o'z darvozasiga kiritib qo'ydi…
65. Temp biroz pasaydi.
62. Buyog'iga barchasi qaytadan boshlanadi, ruhiy ustunlik esa “Barsa”da!

61. GOL! Lopes hisobni tenglashtirdi! Yamalning uzatmasidan so'ng Fermin darvozani ishg'ol qildi!
59. Yana bir zarba Kanseludan, bunisini ham Gulachi qaytardi.
58. “Vilyarreal” murabbiylar shtabi vakillaridan biriga qizil kartochka ko'rsatildi.
58. Endi o'yin harorati yanada oshadi!

57. GOL! Jerard Martin hisobni qisqartirdi! Havolatib uzatilgan to'pni Martin bosh bilan darvozaga yo'lladi!
57. Kanseluning kuchli zarbasidan so'ng to'p rekoshetga uchrab, darvoza to'siniga tegib qaytdi…
53. Yana bir zarba, bu safar Bernaldan! Biroq, noaniq bo'lmoqda…
53. Fermin Lopesning zarbasini Gulachi qaytardi!
48. Yamalning jarima zarbasidan tepgan to'pi noaniq bo'ldi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45+3. Dastlabki bo'lim yakunlandi.
45+3. Yamalning o'tkir burchakdan yo'llagan zarbasini darvozabon qaytardi, keyingi zarbani esa himoyachilar bartaraf eta oldi…
45+2. Martinning bosh bilan yo'llagan zarbasi aniq bo'lmadi.
45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.
45. Rafinyaning jarima zarbasidan tepgan to'pi “jonli devor”dan o'tmadi.
42. Yamalning chap o'tkir burchakdan yo'llagan zarbasini darvozabon bartaraf eta oldi.
40. Adeyemining uzoqdan yo'llagan zarbasidan so'ng to'p to'g'ri “Vilyarreal” posboni qo'liga borib tushdi.
38. Rafinya qulay vaziyatdan darvozaga zarba berolmadi…
36. Lamin o'ngdan oldinga yurish qilib, darvoza tomon zarba berdi, biroq rekoshetga uchradi to'p.
29. Xansi Flikning yordamchisiga sariq kartochka ko'rsatildi. Etirozlari sabab.
25. Yamalning uzoqdan yo'llagan zarbasi aniq bo'lmadi.

23. Lamin Yamal penaltidan gol ura olmadi! Uning zarbasi noaniq bo'ldi…
21. Penalti belgilandi!
20. O'yin to'xtatildi, holat VARda ko'rilmoqda.
19. Yamal “Vilyarreal” jarima maydonchasi ichida yiqildi, biroq hakam bu holatda penalti yo'q deb hisobladi.
18. Kataloniyaliklar sekin-asta tashabbusni o'z qo'llariga olishmoqda.
12. Rafinyaning jarimadan uzatgan to'pini raqib posboni bartaraf etdi.
8. Yana mehmonlardan hujum, biroq bunisi muvaffaqiyatsiz chiqdi.
8. Dahshat, shunchaki!

7. GOL! Oluvaseyi hisobni oshirdi! Tani chapdan oldinga yurish qildi va darvozaga kuchli zarba berdi, Garsiya to'pni qaytara olmadi!
6. Tezkor gol ko'rdik o'yinda, buyog'iga mezbonlar shiddatni yanada oshirishi aniq.

5. GOL! Teyjon Byukenendan supergol! Teyjonning chamasi 25 metrlardan bergan zarbasi golga aylandi!
3. Adeyemi chapdan oldinga yurish qilib, markazga to'pni uzatdi, biroq darvozaga zarba yo'llaydigan futbolchi topilmadi.
1. O'yin boshlandi.
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni La Liganing 13-turidan o'rin olgan "Barselona" - "Vilyarreal" bahsmning matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!