
21 yoshli futbolchi oy oxirida jarrohlik amaliyotini boshdan kechiradi.
Due Fransiya Liga 1 musobaqasining 11-turidan o'rin olgan "Nicca"ga qarshi bellashuv (2:3) vaqtida jarohat olgan edi. Birinchi bo'lim oxirida vingeri maydondan zambilda olib chiqib ketilgan.
Joriy mavsumda Due barcha turnirlarda 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol va 4 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, o'yinchining bozor qiymati 120 million evroni tashkil etadi.