Skott Maktominey "Manchester Yunayted"ga qaytishi mumkin

  • Mr.NoBoDy 22.11.2026 16:40
  • 45
  • 30

"Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi Skott Maktominey "Napoli"dagi kelajagi borasidagi noaniqlik sababli "qizil iblislar" safiga qaytishi mumkin.

Bu haqda ESPN nashri TEAMtalk'ga tayanib xabar bermoqda.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, ayni damda Italiya klubi shotlandiyalik futbolchi bilan 2028 yilning yozida yakuniga etadigan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib bormayapti. 29 yoshli yarim himoyachining vositachilari allaqachon ehtimoliy yangi jamoa qidirish ishlarini boshlab yuborishgan. "Manchester Yunayted" futbolchining qaytish varianti haqida xabardor qilingan.

Maktominey 2024 yilning yozida "Manchester Yunayted"dan "Napoli"ga ko'chib o'tgan edi. Shotlandiyalik o'yinchi "qizil iblislar"ning asosiy jamoasi safida jami 255 ta uchrashuv o'tkazib, 29 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 40 million evroni tashkil etadi.

Ўхшаш янгиликлар