DAZN "Selta"ga qarshi o'yin tanaffusida Mbappe va "Real" futbolchilari o'rtasidagi suhbatni namoyish etdi

  • Mr.NoBoDy 22.11.2026 14:56
  • 42
  • 30

Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe La Liga 13-turidan o'rin olgan "Selta"ga qarshi bahsning (2:1) tanaffus paytida tribunaosti yo'lakchasida jamoadoshlari Yan Diomande va Eduardu Kamavinga bilan suhbatlashdi.

Birinchi bo'limdan so'ng "qaymoqranglilar" 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishayotgan edi.

Mbappe - Diomandega: "O'yin hali tugagani yo'q, o'ylanishni bas qil".

Mbappe - Kamavingaga: "Agar sen bizga hech narsa demasang, unda biz oldinga yugurishimiz kerak". Kamavinga: "Agar oldinga borishga qaror qilgan bo'lsangiz, boravering". Mbappe: "Yaxshi, lekin muammo shundaki, ularning 23-raqamli futbolchisi, ikkinchi hujumchisi butun vaqt davomida mutlaqo yolg'iz qolib ketyapti", - deya futbolchilar suhbatini ko'rsatdi DAZN.

Ikkinchi bo'limda "Real" "Selta" darvozasini ikki bor ishg'ol qildi va g'alaba qozondi.

Ўхшаш янгиликлар