
Biroq argentinalik mutaxassisning jamoa bilan o'tkazgan birinchi mashg'ulotiyoq internetga sizib chiqdi.
Jurnalistlar dron yordamida Karringtondagi mashg'ulot jarayonini tasvirga olib, videoni YouTube’ga joylashtirishdi. Video muallifining takidlashicha, shahar qonunlariga ko'ra, Karrington hududi ustida dron uchirishga ruxsat berilgan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq "Manchester Yunayted"ning sobiq bosh murabbiyi Erik ten Xag klub rahbariyatidan mashg'ulotlarni begona ko'zlardan yashirish uchun o'quv-mashg'ulot bazasi atrofida 200 ming funt sterlingga ulkan devor qurishni so'ragan edi.