
Yangi shartnoma 2032 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.
26 yoshli Chuameni 2022 yilning yozida "Monako"dan "Real"ga o'tgan. Unga qadar futbolchi "Bordo" jamoasida ham to'p surgan.
Joriy mavsumda u madridliklar safida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Chuameni Ispaniya klubi tarkibida 8 ta sovrinni qo'lga kiritgan. Ular orasida Chempionlar ligasi va Ispaniya chempionligi ham bor.
Fransiya terma jamoasi safida esa 50 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.