Islom To'xtaxo'jaev "Lokomotiv"ga qarshi o'ynaydimi?

  • Mr.NoBoDy 19.11.2026 20:40
  • 79
  • 30

Bugun Superliganing 28-turi doirasidagi "Surxon" - "Andijon" bahsi o'tkazildi.

Unda 0:0 hisobi qayd etildi.

Bahsning so'nggi daqiqalarida andijonliklar futbolchisi Islom To'xtaxo'jaev raqibiga qarshi qo'polligi uchun ikkinchi sariq kartochkasini oldi va maydonni tark etdi.

Qoidalarga ko'ra, himoyachi navbatdagi uchrashuvni o'tkazib yuboradi. Shunda To'xtaxo'jaev O'zbekiston Kubogi yarim finali doirasida “Lokomotiv”ga qarshi o'yinda ishtirok etmaydi.

“Lokomotiv” - “Andijon” uchrashuvi 24 noyabr kuni OKMK sport majmuasida soat 18:15da start oladi.

Ўхшаш янгиликлар