
"Mana, hammasi tugadi, futbol bilan xayrlashdim. Bu yakuniy qaror", - deb yozadi 38 yoshli futbolchi.
Banega asosan "Valensiya", "Atletiko", "Sevilya" va "Inter" klublaridagi faoliyati orqali tanilgan.
Uning so'nggi jamoasi Argentinaning "Defensa i Xustisiya" klubi bo'ldi.
Yarim himoyachi "Sevilya" safida uch marta Yevropa ligasi g'olibi bo'lgan.