De la Fuente: "Chexiyani mag'lub etishni istaymiz va barcha o'y-xayollarimiz faqat shu haqda"

  • Mr.NoBoDy 12.11.2026 17:32
  • 297
  • 30

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente UEFA Millatlar Ligasi doirasidagi Chexiyaga qarshi o'yin oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"G'alaba qozonishni istaymiz va barcha o'y-xayollarimiz faqat shu haqda. Bu juda muhim o'yin va unda g'alaba qozonishga harakat qilishimiz kerak. Raqib bizga katta qiyinchiliklar tug'dirishi aniq, u yog'iga nima bo'lishini esa vaqt ko'rsatadi.

Hamma o'ynashni xohlaydi va futbolchilarimizning har biri dunyoning istalgan jamoasida to'p tepa olgan bo'lardi. Asosiysi - asosiy tarkibda maydonga tushish yoki zaxirada qolishga haddan tashqari bog'lanib qolmaslik. Chunki zaxiradan maydonga tushib ham o'yinga sezilarli ta’sir o'tkazish mumkin. Biz uchun barcha futbolchilar juda muhim", – deya de la Fuentening so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.

Ўхшаш янгиликлар