
Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.
Avvalroq uning soliq idorasi oldidagi qarzdorligi 7,25 million funtni tashkil etgan bo'lsa, hozirda bu summa ikki barobar kamayib, 3,5 million funtga tushgan.
Shu bilan birga, nashrning qayd etishicha, foizlarning bir qismi mutaxassis vafotidan keyin hisoblangan.
Eriksson vafotidan so'ng uning umumiy qarz yuki 10,25 million funtga etgan. Shu sababli oilasi murabbiyning mol-mulkini, xususan, Shvetsiyadagi etti xonali hashamatli uyini kimoshdi savdosiga qo'yishga majbur bo'lgan edi.