
Bu haqda “L'Equipe” nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Mbappe va Zidan o'rtasidagi munosabatlar azaldan yaxshi bo'lmagan, biroq murabbiy terma jamoaga kelganidan so'ng vaziyat yanada keskinlashgan. Takidlanishicha, forvardga Turkiyaga qarshi o'yinda Zidanning uni hujumning chap qanotiga o'tkazish qarori yoqmagan. Agar manbaga ishoniladigan bo'lsa, avvalgi yig'inlarda tomonlar deyarli bir-biri bilan gaplashmagan.
Shunga qaramay, noyabr oyidagi xalqaro tanaffus vaqtida Zidan Mbappe bilan aloqalarni tiklashga bel bog'lagani qayd etilmoqda.
Avvalroq Madridning "Real" klubi hujumchisi Italiyaga qarshi o'yin oldidan Fransiya terma jamoasi mashg'ulotini o'tkazib yuborgani haqida xabar berilgan edi.