"G'azalkent" - "Respublika FA" uchrashuvidagi mushtlashuv PFL tomonidan o'rganilmoqda

  • Mr.NoBoDy 09.11.2026 22:32
  • 1652
  • 30

Bugun, 9-noyabr sanasida, Proliga 26-turidan o'rin olgan "G'azalkent" - "Respublika FA" (0:3) uchrashuvi davomida har ikkala jamoa futbolchilari o'rtasida janjal yuzaga keldi.

Ushbu holat uchrashuvni o'tkazish uchun jalb etilgan xavfsizlik xodimlari tomonidan zudlik bilan bartaraf etildi.

Uchrashuv komissari bildirgisiga ko'ra, yuzaga kelgan tartibsizlik oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.

Mazkur tartibsizlikka sabab bo'lgan va unda ishtirok etgan futbolchi yoki rasmiy shaxslarning xatti-harakatlari Tartib-intizom qo'mitasi tomonidan o'rganib chiqilib, lozim deb topilgan taqdirda, vaziyatga huquqiy baho berish maqsadida ish vakolatli organlarga oshiriladi.

Ўхшаш янгиликлар