Zidan jarohat olgan Kaluluning o'rniga Ikkinchi Bundesligadan futbolchi chaqirdi

  • Mr.NoBoDy 09.11.2026 22:00
  • 1714
  • 30

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Millatlar Ligasining noyabr oyidagi o'yinlari uchun "Volfsburg" himoyachisi Sael Kumbedini tarkibga jalb etdi.

21 yoshli futbolchi Italiya va Turkiyaga qarshi kechadigan bahslarda milliy jamoa safida "Yuventus"ning jarohat olgan himoyachisi Per Kaluluning o'rnini egallaydi.

Joriy mavsumda Kumbedi Ikkinchi Bundesligada "Volfsburg" safida 7 ta o'yinda maydonga tushib, samarali harakatlarni amalga oshirmadi. O'tgan mavsumda esa u Bundesliga doirasidagi 24 ta uchrashuvda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan edi.

Ўхшаш янгиликлар