Superliga. "Navbahor" Navoiyda "Qizilqum"ni qiyinchilik bilan engdi

  • Mr.NoBoDy 07.11.2026 20:24
  • 1205
  • 30

Superliganing 27-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Navbahor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

“Qizilqum” – “Navbahor” 0:1 (TUGADI)

Bosh hakam: Olim To'ychiboev

Yordamchi hakamlar: Dilshod Jumaniyozov, Quvondiq Do'schanov

Zaxira hakami: Shohinur Boymatov

VAR: Nayim Qosimov

AVAR: Shohruh Maqsudov

Nazoratchi: Konstantin Smirnov

Komissar: Feruz G'aniev

Gol: Diyor Xolmatov (Muhammadali G'iyosov) 39, 0:1

"Qizilqum": 1. Farhod Rahmatov, 4. Ilhomjon Vahobov, 7. Fayzullobek Jumanqo'ziev, 8. Shahzodbek Rahmatullaev (42. Samandar Rahmonov, 83), 9. Shahzod Turopov, 15. Nikola Kumburovich, 23. Samandar Shukurillaev, 40. Nodirxon Nematxonov, 44. G'iyosjon Rizaqulov (10. Islom Kenjaboev,55), 70. Maykon ( 18. Abbosbek Abdug'afforov,55), 88. Otabek Jo'raqo'ziev

Zaxira: 99. Xumoyunshox Sayyotov, 6. Murodali Usmonov, 14. Elbek Otaqulov, 19. Ilhomjon Kenjaev, 34. Grigol Chabradze, 78. Farruh Jo'raev

"Navbahor": 1. O'tkir Yusupov, 4. Islombek Mamatkazin, 5. Dilshodjon Komilov (22. Umar Adhamzoda, 74), 7. Ruslanbek Jiyanov (23. Vanya Ilich,74), 8. Diyor Xolmatov, 11. Xusain Norchaev (28. Joel Kojo, 74), 17. Muhammadali G'iyosov (77. Muhammadali Usmonov,84) 21. Asadbek Rahmonov (13. Benjamin Teydi, 88), 30. Jasurbek Jaloliddinov, 34. Giorgi Jgerenaya, 55. Muhammadqodir Hamraliev

Zaxira: 16. Shukron Yuldashev, 2. Saidazamat Mirsaidov, 6. Shoxruhbek Abdurahmonov, 44. Anri Chichinadze,

Ogohlantirish: Abbosbek Abdug'afforov (“Qizilqum”) 58, Giorgi Jgerenaya (“Navbahor”) 68

Uchrashuv yakunlandi. 

90. Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

90. Hakam VARni tinglamoqda, Samandar Rahmonov raqib jarima maydonchasi ichida penalti ishlashi mumkin edi. To'ychiboev uchrashuvni davom ettirishni buyurdi.

88. O'ZGARISH. “Navbahor”, Asad Rahimjonov o'rniga Benjamin Teydi tushdi. 

84. O'ZGARISH. “Navbahor”, Muhammadali G'iyosov o'rniga Muhammadali Usmonov tushdi.

83. O'ZGARISH. “Qizilqum”, Shahzod Rahmatullaev o'rniga Samandar Rahmonov tushdi.

78. ZARBA. “Navbahor” futbolchisi Jasur Jaloliddinovning zarbasi darvoza to'siniga tegdi. 

74. O'ZGARISH. “Navbahor”, Ruslan Jiyanov o'rniga Vanya Ilich, Xusain Norchaev o'rniga Joel Kojo, Dilshod Komilov o'rniga Umar Adhamzoda tushdi.

68. “Navbahor” futbolchisi Giorgi Jgerenayaga sariq kartochka ko'rsatildi. 

65. Kapadze shogirdlaridan navbatdagi xavfli yurish, yakun yo'q. 

58. OGOHLANTIRISH. Abbosbek Abdug'afforov, “Qizilqum”

57. “Navbahor”da burchak zarbasidan so'ng xavfli vaziyat yuzaga keldi. 

55. O'ZGARISH. “Qizilqum”, Maykon o'rniga Abdug'afforov, Rizaqulov o'rniga Kenjaboev tushdi.

47. Norchaevning kuchsiz zarbasi darvozaga bormadi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Tanaffus!

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi. 

38. GOL. “Navbahor” uxlab qolgan barchani uyg'otib yubordi. Diyor Xolmatovning erlatib, aniq va kuchli zarbasi “Qizilqum” darvozasining pastki burchagiga borib tushdi, 0:1. 

28. O'yin “lochinlar” nazorati ostida o'tmoqda. 

25. Mezbonlar “Navbahor” darvozasiga xavf solishga harakat qilyapti, lekin uddalay olmayapti.

20. O'yinda temp yuqori emas, xavfli vaziyatlar kam. 

15. Jiyanov omadini sinab ko'rdi, noaniq

10. Dilshod Komilovning zarbasi noaniq.

5. “Navbahor” raqib jarima maydonchasi ichida keskinlik yaratdi. Hamralievning faolligidan so'ng Norchaev darvozaga zarba berdi, zarbani himoyachilar qaytardi, qaytgan to'pni Jaloliddinov darvozaga yo'lladi. Vaziyat golsiz yakunlandi. 

O'yinga start berildi. 

Jamoalar maydonga chiqib kelmoqda.

Uchrashuv boshlanishiga hamma narsa tayyor!

Ўхшаш янгиликлар