
Superliga
27-tur
“Mashal” – “Surxon” 0:0 (LIVE)
G'uzor. “Markaziy” stadioni. 16:15
Bosh hakam: G'ayrat Jo'raev
Ërdamchi hakamlar: Anvarjon Marajabov va Islomjon Nosirov
Zaxira hakami: Umidjon Lutfulloev
VAR: Abdurashid Xudoyberganov
AVAR: Rinat Serazitdinov
Nazoratchi: Zokirjon Qodirov
Komissar: Elbek Jo'raev
“Mashal”: 73.Vladislav Rusanov, 2.Zafar Akramov (87.Muhammadali Boymurodov, 74), 5.Komiljon Tojidinov (63.Pavel Bureev, 74), 8.Sardor Abduraimov, 19.Tohirbek To'xtasinov, 22.Muhammadbobur Mo'ydinov (4.Straxinya Boshnyak, 74), 24.Ifeani Ifeani, 38.Sunnatulla Yarashev (10.Humoyun Murtozaev, 85), 76.Firdavs Jovliev (28.Ergash Ismoilov, 68), 88.Ahrorbek Rahimov, 99.Bobirjon Asqarov.
Zaxira: 25.Samandarbek Jo'rabekov, 40.Ruhiddin Xolmatov, 67.Og'abek Abdirahimov, 72.Normurod Ko'charov.
“Surxon”: 25.Otabek Boymurodov, 6.Behzod Shamsiev, 7.Doston Tursunov (39.Mirmaqsud Mirusmonov, 77), 8.Humoyun Sherbo'taev, 10.Sunnatulla Abdullajonov (11.Richard Fraydey, 46), 15.Diyor Ramazonov (23.Kamron Yusupov, 46), 18.Behruz O'ktamov, 21.Tornike Dzebniauri (19.Farruh Qodirov, 88), 26.Behruz Shukurullaev, 27.Muhammadali Musaxonov, 66.Behro'z Shaydulov (5.Mo'minxon Bahodirxonov, 37).
Zaxira: 12.Nikita Mixaylov, 86.Davron Merganov, 14.Tohir Ashurbaev, 31.Kamron Ergashev.
Ogohlantirishlar: Muhammadbobur Mo'ydinov (65), Behzod Shamsiev (89).
UCHRASHUV YAKUNLANDI!
90+2. Qaror o'zgarmadi, sariq kartochka kuchida qoldi.
90+1. Bosh hakam VAR monitoriga yo'l olib, Shamsiev bilan bog'liq vaziyatni o'rganib chiqmoqda va ehtimoliy qizil kartochkani tekshiryapti.
90. Ikkinchi taymga 4 daqiqa qo'shildi.
89. Jarima maydonchasi ichiga yorib kirayotgan Ismoilovni yiqitgan Shamsievga sariq kartochka ko'rsatildi.
88. “Surxon”da almashtirish: Dzebniauri o'rniga Qodirov tushirildi.
87. Zarbaa! Murtozaevning jarima maydonchasi ichidagi zarbasiga aniqlik yetishmadi.
85. “Mashal”da o'zgarish: Yarashev o'rniga Murtozaev bahsni davom ettiradi.
84. Yarashev Boymurodov bilan to'qnashib ketdi, muborakliklar futbolchisiga shifokorlar yordam ko'rsatishmoqda.
80. Rahimovning uzun pasidan so'ng Boymurodov to'pga ega chiqdi.
77. “Surxon”da almashtirish: Tursunov o'rniga Mirusmonov tushirildi.
77. Ismoilovning uzatmasidan so'ng Shamsiev to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
74. “Mashal”da 3 ta o'zgarish: Mo'ydinov o'rniga Boshnyak, Tojidinov o'rniga Bureev, Akramov o'rniga Boymurodov bahsni davom ettiradi.
72. Behruz O'ktamov zarba yo'llash ilinjida edi, ammo himoyachining say-harakatlari tufayli to'pni yo'qotdi.
68. “Mashal”da almashtirish: Jovliev o'rniga Ismoilov maydonga tushdi.
65. Katta tezlikda oldinga borayotgan Fraydeyni ochiqchasiga yiqitgan Mo'ydinov sariq kartochka oldi.
64. Zarbaaa! Tojidinovning olis masofadan yo'llagan zarbasi sal noaniq chiqdi.
59. Zarba! Akramovning havolatib amalga oshirgan pasidan keyin Jovliev bosh bilan zarba berdi, noaniq.
55. Himoyadagi sheriklarining uzun pasidan so'ng Jovliev to'pni maydonda saqlab qololmadi.
51. Uuux! Fraydeydan to'pni qabul qilib olgan Tornike Dzebniauri qulay nuqtaga chiqib bordi, zarba berishga ulgurmay qoldi, aks holda hammasi boshqacha kechardi.
46. Ikkinchi taym boshlandi!
46. “Surxon”da 2 ta o'zgarish: Ramazonov o'rniga Yusupov, Abdullajonov o'rniga Fraydey tushirildi.
Birinchi bo'lim tugadi. Tanaffus!
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.
45. Uuux! Tojidinovning jarimadan bergan zarbasidan keyin Abduraimov to'pni darvozaga yo'naltirishga urindi, sal noaniq.
42. Akramovning ichkariga oshirib bergan to'pini Boymurodov egallab olishga erishdi.
39. Zarba! Tursunovning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan so'ng Ramazonov bosh bilan noaniq zarba berdi.
37. “Surxon”da o'zgarish: Shaydulov o'rniga Bahodirxonov tushirildi.
34. Behro'z Shaydulovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda, u Yarashev bilan to'qnashib ketgandi.
30. Uuux! Akramovning uzatmasidan so'ng Yarashev bosh bilan zarba berdi, Boymurodovdan seyv!
28. “Mashal” hujumga o'tdi va yakunda To'xtasinovning tushunarsiz uzatmasidan keyin to'p maydonni tark etdi.
23. Tojidinovning havolatib oshirib bergan to'pini Tornike Dzebniauri bosh bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
19. Tursunovning uzatmasidan keyin Rusanov to'pni egallab oldi.
14. Zarba! Sherbo'taevning jarimadan bergan zarbasidan keyin to'p to'g'ri darvozabonga borib tushdi.
10. Zarba! Ahrorbek Rahimovning jarimadan yo'llagan zarbasidan so'ng Boymurodov to'pga ega chiqdi.
6. Zarbaaa! To'xtasinovning uzatmasidan keyin Tojidinov akrobatik zarbani ijro etdi, noaniq.
4. Zarba! Sunnatulla Abdullajonov ichkarida to'pni qabul qilib olib, chap oyoqda zarba yo'lladi, noaniq.
1. O'yin boshlandi!