
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, Islom To'xtaxo'jaev va Abdurahmon Komilov kichik jarohatlari sababli mazkur bahsda maydonga tushmaydi.
Shuningdek, Odil Abdumajidov diskvalifikaciya tufayli jamoasiga yordam bera olmaydi.
Imeda Ashortia esa hozircha jamoa ixtiyoriga kelib qo'shilmagan. Futbolchining yaqin kunlarda "Andijon" safiga qaytishi kutilmoqda.
Shu tariqa, "Andijon" "Lokomotiv"ga qarshi uchrashuvda to'rt nafar futbolchisining xizmatidan foydalana olmaydi.
Ma'lumot uchun, "Andijon" – "Lokomotiv" uchrashuvi bugun, 7 noyabr kuni soat 16:00 da boshlanadi.