
FIFA prezidenti Janni Infantino portugaliyalik futbolçining xalqaro faoliyatini yakunlaganidan söng Kriştianu Ronalduga murojaat qildi.
"Butun dunyodagi muxlislar qalbiga Kriştianu Ronaldu kabi ta’sir ötkazgan futbolçilar kamdan-kam uçraydi. U butun avlodlarga ilhom bağişladi, millionlab muxlislarni birlaştirdi hamda eng yirik jahon arenalarida Portugaliyaning umidlari va ğururini ifoda etdi. Uning merosi rekordlar, sovrinlar va gollardan ança katta. Şiddatli iştiyoq, unutilmas lahzalar va bizning gözal öyinimizga qöşgan ulkan hissang uçun rahmat. Sening xalqaro faoliyating futbol tarixining bir qismi bölib abadiy qoladi", — deb yozdi Infantino.
Ronaldu 5 noyabr, payşanba kuni öz qarorini ma’lum qildi. Hujumçi 2003 yildan buyon Portugaliya terma jamoasi safida öynab kelayotgan edi.