
Braziliyada 20 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasidagi çempionat uçraşuvida misli körilmagan voqea yuz berdi. "Uberlandiya" va "Mamore" jamoalari örtasidagi bahsda ommaviy muştlaşuv sabab 51 nafar iştirokçi çetlatildi.
Uçraşuv dastlab tinç va jiddiy mojarolarsiz keçayotgandi. Biroq mehmonlar uçinçi golni urib, hisobni 3:1 körinişiga keltirgaç, maydonda kelişmovçilik boşlandi. Dastlabki tortişuvlar qisqa vaqt içida katta muştlaşuvga aylanib ketdi.
Natijada mojaroda iştirok etgan 51 nafar şaxsga qizil kartoçka körsatildi. Ularning 43 nafari futbolçilar, 8 nafari esa ikki jamoa murabbiylar ştabi vakillari edi.
Xabarlarga köra, janjalga "Mamore"ning uçinçi golini urgan Davi Fernandes Bittenkur sababçi bölgan. U goldan söng raqib jamoa zaxira örindiği tomon yugurib borib, haqoratli işoralar va harakatlar bilan mezbon futbolçilarni ğazablantirgan.
Uşbu voqea futbol tarixidagi mutlaq antirekord sifatida qayd etildi.
Avvalgi rekord 2011 yilda Argentinada örnatilgan bölib, öşanda bir uçraşuvda 36 nafar futbolçi maydondan çetlatilgan edi.