Shota Arveladze "So'g'diyona"ni boshqarishi haqidagi xabarlarni rad etdi

  • Mr.NoBoDy 05.11.2026 13:08
  • 236
  • 30

Gruziyalik mutaxassis Shota Arveladze Jizzaxning "So'g'diyona" klubiga bosh murabbiy etib tayinlanishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Avvalroq O'zbekiston OAVda "Paxtakor"ning sobiq bosh murabbiyi Shota Arveladze yaqin orada "So'g'diyona"ni qabul qilib olishi mumkinligi haqida ma'lumotlar tarqalgan edi.

Gruziyalik mutaxassis o'z vatani matbuotiga bergan intervyusida mazkur xabarlarni qatiyan rad etdi.

"Sizga ochiq aytaman, bu yolg'on. Bunday hech narsa bo'lmagan. Bu ma'lumotni qayerdan olishganini umuman bilmayman", – dedi Arveladze.

Shuningdek, mutaxassisdan murabbiylik faoliyatini davom ettirish bo'yicha boshqa aniq variantlar bor-yo'qligi so'raldi.

"Yo'q, hozirgi paytda haqiqatan ham hech qanday variant yo'q", – deya javob berdi u.

Eslatib o'tamiz, Shota Arveladze 2017–2020 yillarda "Paxtakor"ni boshqargan. Uning qo'l ostida Toshkent klubi ikki marta O'zbekiston chempionati va mamlakat kubogida g'olib chiqqan.

Ўхшаш янгиликлар