Afrikada yilning eng yaxşi yoş futbolçisi bölişga 10 nafar nomzod e’lon qilindi

  • Mr.NoBoDy 05.11.2026 11:44
  • 226
  • 30

Afrika futbol konfederasiyasi (CAF) 2026 yilning eng yaxşi yoş futbolçisi sovriniga da’vogar 10 nafar öyinçining nomini e’lon qildi.

Nomzodlar orasidan "Real" hujumçisi Yan Diomande, "Mançester Siti" yarim himoyaçisi Ayyub Buaddi hamda "Bayer" futbolçisi Ibrohim Maza kabi iqtidorlar örin olgan.

Röyxatda Kot-d'Ivuar va Marokaşning ikki nafardan vakili bor. Qolgan olti mamlakatdan bittadan futbolçi nomzod sifatida körsatilgan.

Afrikada yilning eng yaxşi yoş futbolçisi bölişga nomzodlar:

  1. Ibrohim Maza (Jazoir, "Bayer")

  2. Kristian Kofane (Kamerun, "Bayer")

  3. Krist Inao (Kot-d'Ivuar, "Fiorentina")

  4. Yan Diomande (Kot-d'Ivuar, "Real")

  5. Hamza Abdulkarim (Misr, "Barselona")

  6. Kaleb Yirenkiy (Gana, "Koventri Siti")

  7. Ismoil Kamissoko (Mali, "Etual Mande")

  8. Abdulloh Uazan (Marokaş, "Ayaks")

  9. Ayyub Buaddi (Marokaş, "Mançester Siti")

  10. Ibrohim Mbaye (Senegal, "Aston Villa")

Ğolib 7 dekabr kuni Nigeriyaning Lagos şahrida ötkaziladigan CAF Awards 2026 taqdirlaş marosimida e’lon qilinadi.

Eslatib ötamiz, 2025 yilda uşbu mukofotga marokaşlik Usmon Maamma sazovor bölgan edi.

Ўхшаш янгиликлар