
Yaponiya matbuotining xabar berishicha, milliy futbol federatsiyasi rahbariyati 68 yoshli funkcionerning nomzodini bir ovozdan qo'llab-quvvatlagan. Iyul oyida FIFA rahbari Jahon chempionatining kelajakdagi daromadlari ulushini xususiy investorlarga sotish rejasi bilan keskin noroziliklarga sabab bo'lganidan keyin Tashima Infantinoning ilk jiddiy raqibiga aylandi.
Yaponiya terma jamoasining sobiq futbolchisi va milliy federatsiyaning sobiq rahbari 2015 yildan buyon FIFA boshqaruv qo'mitasi a'zosi hisoblanadi. 18 mart kuni Rabotda bo'lib o'tadigan saylovda rasman ishtirok etish uchun nomzodni 18 noyabrgacha bo'lgan muddatda 211 ta milliy assotsiatsiyadan kamida 5 tasi qo'llab-quvvatlashi zarur. Darvoqe, UEFA amaldagi rahbarga qarshi kurashish uchun kuchli raqib topishda juda faol yordam berdi.