Ovono de Migelning o'limi haqida: "Bu hayotimdagi eng og'ir kunlar. Xesusdan boshqa hech narsa haqida o'ylay olmayapman"

  • Mr.NoBoDy 05.11.2026 18:40
  • 473
  • 30

"Andorra" darvozaboni Xesus Ovono "Tenerife" hujumchisi Xesus de Migelning vafotini juda og'ir qabul qilayotganini ma'lum qildi.

2 noyabr kuni Ispaniya chempionati ikkinchi divizioni doirasidagi "Andorra"ga qarshi bahsda de Migel Ovono bilan to'qnashib ketganidan so'ng hushini yo'qotgan, keyinroq "Tenerife" hujumchisining yuragi to'xtab qolgandi. 30 yoshli futbolchi 3 noyabr kuni shifoxonada vafot etdi.

"Bu hayotimdagi eng og'ir kunlar. So'z topish juda mushkul va sodir bo'lgan narsalarning hech birini hazm qila olmayapman. Xesusning yo'qotilishi sabab yuragimda ulkan og'riqni his qilyapman. Men u haqda, uning oilasi va uni sevgan barcha insonlar haqida o'ylayapman. Hali ko'plab masalalarni hal qilish kerakligini bilaman va ularga hurmat bilan yondashaman. Ammo ayni paytda, rostini aytsam, Xesusdan va biz boshimizdan kechirayotgan og'riqdan boshqa hech narsa haqida o'ylay olmayapman", – dedi Ovono.

“Diario AS” xabariga ko'ra, de Migelning o'limiga sabab bo'lgan to'qnashuv uchun Ovono 12 tagacha o'yinga diskvalifikaciya qilinishi mumkin.

Ўхшаш янгиликлар